Mazdakiylik
Mazdakiylik-diniy-falsafiy ta’limot. Asoschisi Mazdak. Mazdakiylar harakati sosoniylar davrida Eronda keng tarqalgan. Mazdakiylik ta’limotiga ko’ra, olamda bo’ladigan jarayonlar ongli va biror maqsadni ko’zlab harakat qiluvchi yaxshilik, yorug’lik manbai bilan ko’r-ko’rona va tasodifiy harakatlanuvchi yomonlik, qorong’ulik (johillik) manbai o’rtasidagi kurashdan iborat. Bu kurash “yaxshilik”ning “yomonlik” ustidan g’alabasi bilan tugallanadi. Ijtimoiy zulmga qarshi kurash muqaddas vazifa sifatida talqin etiladi va unga diniy tus beriladi. Mazdakiylikning asosiy g’oyasi mulkiy tenglikni o’rnatishdan iborat.