Menestrel
Menestrel (inglizcha minstrel, fransuzcha menestrier, lotincha ministerialis-xizmatkor so’zidan)-XII-XIII asrlarda Fransiya va Angliyada professional qo’shiqchi, musiqachi. Menestrellar, asosan, senorlar xizmatida bo’lishgan, kurtuaz she’riyatda ritsarlar jasoratlarini kuylashgan. XIV-XVIII asrlarda shahar va qishloqlar bo’ylab kezib yuruvchi mashshoqlar ham Menestrel deb atalgan.