Mirshab
Mirshab (arabcha mir-hukmdor va shab-tun)-O’rta Osiyo xonliklarida ma’muriy lavozim; tungi shahar soqchisi va ularning boshlig’i. Uning zimmasiga shaharda tungi osoyishtalikni ta’minlash mas’uliyati yuklatilgan. O’rta Osiyo Rossiya tomonidan istilo qilingach, Mirshab, asosan, tungi soqchilik hamda tartib va intizom bajarilishini ta’minlagan, politsiya vazifasini bajargan. Mirshab mingboshi va katta oqsoqollar ixtiyorida xizmatda bo’lgan.