Monaxlik ordenlari

Monaxlik ordenlari (monax va lotincha ordo-qator, guruh)-katolitsizmda markazlashgan monaxlik uyushmalari. Ular o’z faoliyatlarida Rim papasi tasdiqlangan nizomlarga amal qiladilar. Ilk Monaxlik ordenlari benediktchilar uyushmasi bo’lib, unga VI asrda Italiyada asos solingan. XII-XIII asrlarda Fransiyada katoliklarning bir necha Monaxlik ordenlari tuzildi. Katolik Monaxlik ordenlari a’zolarining ko’pchiligi monastirlarda yashaydi. 1970 yillarda 180 ga yaqin Monaxlik ordenlari bor edi.