Navcha, Dumrov
Navcha, Dumrov (turkcha)-o’tmishda boylarga yollanib ishlaydigan o’spirin yigitlar. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgan. Navcha dehqonchilik bilan bog’liq har xil ishlarni; yer haydash, ekin ekish, ekinni o’rib-yig’ib olish, yanchish, ariq-zovurlarni qazish, go’ng chiqarish va boshqalarni bajargan. Navchani boy xo’haliklar ko’pincha chorakorlarga yordamchi qilib olganlar. Navcha 9 oyga, ya’ni bahorda qo’sh chiqarish vaqti (mart-aprel)dan to kuzgacha, yerni shudgor qilgunga (oktabr-noyabr) qadar bo’lgan davrga yollangan. Navcha oladigan haqini xo’jayin bilan oldindan kelishib olgan. Ish haqi mahsulot bilan to’langan.