Naqsh

Naqsh (arabcha-tasvir, gul)-qism (taqsim)lari muayyan tartibda bir maromda takrorlanishidan hosil bo’ladigan handasiy shakllar, o’simlik, qush, hayvon va boshqalarning uslublashtirilgan tasvirlaridan tarkib topgan bezak (gul). Turli narsalar (ashyolar, qurol, mato, mebel, kitob va hokazolar), me’moriy inshootlar (ham ichki, ham tashqi bezaklar), nafis san’at (asosan, amaliy san’at) asarlarida keng qo’llaniladi, ayrim xalqlarda, shuningdek, odam tanasini bezash (tatuirovka, bezash)ga mo’ljallanadi.