Ovatsiya

Ovatsiya (lotincha ovation)-Qadimgi Rimda kichik triumf. Ovatsiyaga faqat magistratlargina sazovor bo’lishgan; Ovatsiyalar davlat tomonidan e’lon qilingan urush davridagi raqiblar ustidan emas, kichikroq (qullar, qaroqchilar) yov ustidan erishilgan g’alaba sharafiga belgilangan. U triumfdan kamroq tantanavorligi bilan farq qilgan; oddiy magistrat kiyimini kiygan sarkardalar boshlariga lavr emas, mirta yaproqlaridan qilingan tojni kiyib Rimga jang aravasida emas, piyoda yoki ot mingan holda kirib kelishlari lozim bo’lgan. Qurbonlik chog’ida buqa emas, qo’y so’yilgan. Respublikas davrida 23 kishi Ovatsiyani nishonlagan. Ular ichida eng tantanalisi miloddan avvalgi 71 yili Spartak qo’zg’olonini bostirgan Mark Litsiniy Krass sharafiga o’tkazilgan.