Xartford

Xartford — AQShning shimoliy sharqiy qismidagi shahar, Konnektikut daryosi bo’yida. Konnektikut shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 121,5 ming kishi (2001). Transport yo’llari chorrahasi. Yangi Angliyaning yirik sanoat, savdo-moliya va madaniy markazi. Yirik sug’urta kompaniyalarining boshqarmalari joylashgan. Aviasiya, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika, metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Metallurgiya, poligrafiya, oziq-ovqat, qog’oz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat jihozlari, qurol-yarog’, musiqa asboblari ishlab chiqariladi. universitetlar, M. Tven muzeyi bor. Shaharga 1633 yilda asos solingan.