Oksidimetriya

Oksidimetriya (nemischa Oxydiren -oksidlash va Yunoncha metreo — o’lchayman), aniqrog’i redoks imetriya — Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalariga asoslangan miqdoriy analiz usullari majmui. Oksidimetriya yodometriya, permanganatometriya, bromatometriya, titanometriya, tserimetriya kabi bir qancha usullarga bo’linadi. Oksidimetriya anorganik va organik moddalarni analiz qilishda keng qo’llanadi.