Oksidoreduktazalar
Oksidoreduktazalar (Yunoncha oksido — nordon va reducto — orqaga qaytaraman) — tirik hujayralardagi oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasini katalizlaydigan fermentlar. Hamma tirik hujayralarda uchraydi. Hujayrani energiya bilan ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Oksidoreduktazalarning eng muhimlari: degidrogenazalar (nafas olganda va fotosintez jarayonida vodorod va elektronlarni bir moddadan ikkinchi moddaga o’tkazadi), oksidazalar (ularda O2 oksidlovchi), peroksidazalar (oksidlovchi — N2O2), gidrolazalar (moddaga O2 ning bir atomini beradi), oksigenazalar (moddaga O2 ning ikkala atomini beradi).
O‘xshash so‘zlar
- Oksidoreduktazalar
- Oksigemoglobin
- Oksikislotalar, oksikarbon kislotalar
- Oksiprolin
- Oksitan tili, provansal tili
- Oksitosin
- Oksixinolin
- Oktaedr










