Oran qal’a
Oran qal’a, Oren qal’a — Ozarbayjondagi o’rta asr shahar xarobasi (5 —13-asrlar). Baplaqon shahri xarobasi. 1953 yildan Ozarbayjon arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qazishma ishlari olib borilgan. Maydoni 36 gektar. Mudofaa devorlari, minorlar, turar joylar, hammomlar, xumdonlar va boshqa qoldiqlar topilgan.