Oromiylar
Oromiylar (arameylar) — Arabiston yarim orolidan chiqqan ko’chmanchi somiy qabilalar. Miloddan avvalgi 14-11-asrlarda G’arbiy Osiyo bo’ylab tarqalganlar. Ilk bor miloddan avvalgi 3-ming yillik o’rtalariga oid manbalarda qayd etilgan. Oromiy tili milodning boshlarida G’arbiy Osiyoning asosiy og’zaki nutqiga aylangan. Oromiylarning avlodlari — hozirgi ossuriylar (oysorlar).