Qanor

Qanor — katta qop. Bo’z yoki kanop (qopbop) matodan tayyorlangan, asosan, paxta va somon tashishda ishlatilgan. 50-yillar oxiriga qadar O’zbekistonda xo’jaliklar paxtani tayyorlov punktlariga Qanorlarda tashib topshirgan. Qanorga 80-100 kilogramm paxtani tiqib joylash mumkin bo’lgan. Paxtani tirkama aravacha (prisep)larda tashishga o’tilishi bilan Qanor ishlatilmaydigan bo’ldi.