Marvaziy Abulabbos
Marvaziy Abulabbos (? — 815) -fors shoiri, qasidanavis. Marvda yashab ijod etgan. Asarlari turli tazkiralarda saqlanib qolgan. Muhammad Avfiyning «Lubob ul-albob» («Mag’izlarning mag’zi», 1222) tazkirasida yozilishicha, Marvaziy abbosiylardan xalifa Ma’munning Marvga kelishiga bag’ishlab qasida yozgan, bu fors tilida bitilgan birinchi qasidadir.
O‘xshash so‘zlar
- Marvirud, Marvarrud
- Marvon
- Marza
- Marzbon
- MAS’UD G’AZNAVIY
- Mas’ud ibn Usmon Ko’histoniy
- Mas’ud Yalavoch
- Mas’udiy











