Marza

Marza — relef shakli. Tepasi qabariq shakldagi muayyan masofaga cho’zilgan balandlik. Marzalar tektonik yo’l bilan hosil bo’lishi (antillinal burma), Daryo, dengiz to’lqini keltirgan qumlardan vujudga kelishi (qum tillari, barlar), morena jinslarining to’planishidan paydo bo’lishi (ozlar), kishilar tomonidan bunyod etilishi (yo’l ko’tarmalari) mumkin. Tektonik yo’l bilan hosil bo’lgan Marzalar doirasida joylashgan ba’zi mayda ko’tarmalarda neft, gaz konlari bo’lishi mumkin.