Marjon orollari

Marjon orollari – tropik dengizlardagi orollar. To’da-to’da bo’lib yashaydigan marjon hayvonlari, suv-o’tlar va boshqa organizmlar qoldiqlari yig’ilishidan vujudga keladi. Hozirgi zamon marjon orollari ekvatorial va tropik o’lkalardan boshqa yerlarda uchramaydi. Faqat Golfstrim oqimi o’tadigan Bagama orollari yaqinidagina tropiklardan tashqarida uchraydi. Marjon orollari joylashgan o’rni va shakliga qarab, qirg’oq riflari, to’siq riflari (suv osti qoyalari), atollarga bo’linadi.