Marjonbuloq

Marjonbuloq – Jizzax viloyati G’allaorol tumanidagi shahar (1980-yil 11 iyundan). Yaqin temir yo’l stantsiyasi bahorikor (8 kilometr). Aholisi 3,6 ming kishi (2002). Asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va boshqa millat vakillari yashaydi. Marjonbuloq Nurota tizmasining tarmog’i G’ubdintog’ning etaklarida joylashgan. Shahar 1980 yilda Marjonbuloq oltin koni negizida vujudga kelgan. Marjonbuloqda uy-joy qurish kombinati, bir qancha qurilish va transport korxonalari, geologiya qidiruv ekspeditsiyasi, umumiy ta’lim maktablari, madaniyat va tibbiy muassasalari mavjud. Savdo, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor.