Mahalliy nav

Mahalliy nav — biror mamlakat, o’lka yoki hududda ekiladigan va shu joyning tabiiy-iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan madaniy ekinlar navlari. Mahalliy navlar uzoq davom etadigan yalpi tanlash natijasida paydo bo’ladi. Yangi selektsiya navlarini chiqarishda boshlang’ich material bo’lib xizmat qiladi.