Shohsanam
Shohsanam — qadimiy shahar xarobasi (miloddan avvalgi 1-ming yillik — milodiy 13-asr). Ko’hna Urganch shahridan 90 kilometr Janubi g’arbda joylashgan. 1939 va 1952 yillarda Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi tomonidan o’rganilgan. Shohsanam milodiy 4-asrda tushkunlikka uchrab, 9-asrda qayta tiklangan. Biroq 13-asrda mo’gullar hujumi natijasida vayron qilingan. Shaharning ichidan va atrofidan shishasozlik, kulolchilik ustaxonalari, hammom va masjid xarobalarining qoldiqlari topilgan. Shohsanamdan qal’a devorlari ochilgan. Shulardan o’rta asrlarda qurilgan istehkomlar yaxshi saqlangan. Shahar markazida 12-asrga oid peshtoqi ganchdan manzarali o’imakorlik naqshlar bilan bezatilgan masjid ochilgan. Qazish paytida tangalar, sopol, jez, shisha va toshdan yasalgan idishlar, bezaklar, buyumlar, mato, madaniy o’simlik va maqbara qoldiqlari topilgan.