REZBA QIRQISH ASBOBI
REZBA QIRQISH ASBOBI — turli detallarga rezba ochish uchun mo’ljallangan asbob. Vint, shpilka, Bolt va boshqa detallarga tashqi rezba qirqadigan, gayka, vtulka va boshqa detallarga ichki rezba qirqadigan Rezba qirqish asboblari bor. Ular jumlasiga keskich, freza, rezba qirqish kallaklari (ko’p tig’li asboblar), metchik, plashka va boshqa asboblar kiradi.