Rentgen kontrast moddalar
Rentgen kontrast moddalar — organizmga kiritilganda tekshiriladigan ob’yekt tasvirini aniq ko’rsatadigan kimyoviy moddalar. Ular rentgen nurlari yutilishini yo’naltirib yoki kamaytirib, kontrast tasvir hosil qiladi. «Og’ir» Rentgen kontrast moddalar (bariy sulfat, yod preparatlari) bilan bir qatorda «yengil» Rentgen kontrast moddalar [havo, kislorod, azot (1) oksid va boshqalar] ham ishlatiladi.