Riyol

Riyol — 1) Saudiya Arabistoni pul birligi. 1928 yil yanvardan muomalaga kiritilgan. 1R=100 xalal. Xalqaro ifodasi SAR. Valyutalar kursi bo’yicha 1 AQSh dollari = 3,75 Riyol (2003, may). 2) Eron pul birligi. 1930 yildan muomalaga kiritilgan. 1 Riyol = 100 dinor. Xalqaro ifodasi IRR.