Rumeliya
Rumeliya (turkcha Rumeli) — 14— 15-asrlarda Usmonli turk imperiyasi tomonidan Bolqon yarim orolidagi bosib olingan yerlarning umumiy nomi. 16-asr oxiridan 19-asrgacha markazi Sofiya bo’lgan turk viloyati (Bolgariya, Serbiya, Gersegovina, Albaniya, Makedoniya, Epir va Fessaliyani ham o’z tarkibiga olgan). Turkiyaning, Istanbuldan tashqari, Yevropa qismining hozirgi nomi.