Vulfenit

Vulfenit [avstriyalik mineralog F. Vulfen (1728-1805) nomidan] — volframatlar va molibdatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi R[MoO4]. Tetragonal singoniyali, kVA- dratchalar shaklidagi kristallar. Rangi sariq, bo’z rang, qo’ng’ir, goho rangsiz, olmossimon yaltiroq. Qattiqligi 3,5. C.of. 6,3—7,0. Qo’rg’oshin-qalay konlarining oksidlanish zonasida hosil bo’ladi. Qo’rg’oshin va ozroq miqdorda molibden olinadigan ruda. Jazoir, Avstraliya, AQSh, Yugoslaviya va boshqa joylarda yirik konlari bor. O’zbekistonda qo’rg’oshin va qalay konlarida (Olmaliqda va boshqa joylarda) topilgan.