Vibroplita

Vibroplita — qovushmaydigan gruntlar (tuproqlar) va chaqiq tosh shag’allardan iborat yul zaminlarini zichlovchi titrama mashina. Siljish usuliga ko’ra qo’lda siljitiladigan, o’zi siljiydigan, bir joydan ikkinchi joyga ko’chiriladigan xillarga, yuritmasining turiga ko’ra elektrik, pnevmatik, gidravlik usullarda va TKI yonuv dvigatelilga harakatlanadigan xillarga bo’linadi. Ichki yonuv dvigatelidan harakatlanadigan va o’zi siljiydigan Vibroplita keng ishlatiladi.