«Viking»
«Viking» — Amerikaning Marsni tadqiq qilishga mo’ljallangan orbital-qo’ndiriluvchi kosmik apparati (ka). Massasi 3420 kilogramm, balandligi 4,9 metr. «Viking» orbital (ob) va qo’ndiriluvchi (qb) bloklardan tashkil topgan. «Viking-1» va «Viking-2» lar «Titan Ze» uchiruvchi raketa yordamida 1975 yil 20 avgust va 9 sentabrda uchirilgan. «Viking-1″ni Marsga 1976 yil 20 iyulda, «Viking-2» esa Mars sirtiga 1976 yil 3 sentabrda ohista qo’ndirildi. Har ikkala «Viking»ning Oblari Mars va uning yo’ldoshlariga doir bir necha ming rasmini yerga uzatdilar. Olib bergan ma’lumotlar asosida sayyora sirtining issiqlik va suv bug’lari miqdori bo’yicha xaritalari tuzilgan.