Vikinglar

Vikinglar (qadimgi skandinavcha) — 8-asr oxiri — 11-asr o’rtalarida Yevropa mamlakatlariga dengiz yo’li orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroqchilik va bosqinchilik yurishlari qilgan skandinavlar. Rusda ularni varyaglar, G’arbiy Yevropada normannlar deb atashgan. 9-asrda Vikinglar Shimoliy-Sharqiy Angliyani, 10-asrda esa shimoliy Frantsiyani bosib olganlar. Vikinglar Shimoliy Amerikaga qadar yetib borishgan.