Vin (Wien) Vilgelm

Vin (Wien) Vilgelm (1864.13.1, Gafken, Sharqiy Prussiya — 1928.30.8, Myunxen) — nemis fizigi. Mutlaq qora jism nurlanish qonunini nazariy jihatdan asoslab bergan (1893); magnit va elektr maydonida kanal nurlari og’ishini tekshirgan, erkin elektronli atomlar nurlanishi vaqtini o’lchash usulini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1911).