Vint chiziq

Vint chiziq — doiraviy tsilindr yoki doiraviy konus sirtida yotgan va ularning hamma yasovchilar bilan teng burchaklar hosil qiladigan spiralsimon, fazoviy egri chiziq. Tsilindr yoki konusning yasovchisi bo’ylab ilgarilama tekis harakat qilgan nuqta ham Vint chiziq chizadi. Yasovchining soat mili yoki unga teskari yo’nalishda harakat qilishiga qarab, o’naqay yoki chapaqay Vint chiziq hosil bo’ladi.