Vey Chjen

Vey Chjen (580-643) — Xitoy tarixchisi. Xitoy imperatorlarining Suy sulolasi (581-618) tarixiga oid «Suy shu» («Suy xonadonining tarixi») nomli asar (85 bobdan iborat) yozgan (Yan Shigu va Kxun inda bilan birgalikda). Unda imperatorning iqtisodiy siyosati, armiyaning tuzilishi, mamlakatning moddiy ahvoli, xalqning urf-odati haqida ma’lumotlar keltirilgan, shuningdek 83 — bobida Markaziy Osiyo (hozirgi Janubiy Qirg’iziston, Pomir, Toshkent va boshqalar) hamda Sharqiy Turkiston (Xarashar, Kucha, Qashqar, Xo’tan) haqida ham muhim ma’lumotlar bor.