Vulkan shishasi

Vulkan shishasi — amorf vulkan tog’ jinsi. Yopishqoq nordon lavani tez sovishidan hosil bo’ladi. Nordon (liparit), ba’zan asosli (bazalt) effuziv jinslarining hammasi Vulkan shishasidan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Obsidian, smola toshi, perlit, pemza, taxilit va sordavalitlar Vulkan shishasidan iborat bo’lib, faqat ayrim xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Ko’p suvli Vulkan shishasi lavaning dengiz ostida qotishidan hosil bo’ladi. Sergovak Vulkan shishasi pemza deb ataladi. Pemza qurilish sanoatida ishlatiladi. O’zbekistonda Chatqol-Qurama (G’ovasoy) tizmalaridagi vulkan jinslarida Vulkan shishasi uchraydi.