Xo’jayeva Xolida
Xo’jayeva Xolida (1916.1.1, Samarqand) — O’zbekiston xalq artisti (1956). Moskva drama studiyasini tugatgan (1930). Studiyada Lazokat (L.Appoqova, «qon va suv»), Nadya (D. Furmanov, «Isyon»), Martin (Moler, «zo’raki tabib») kabi rollarni ijro etgan. 1930-33 yillar Buxoro teatri, 1933-87 yillar Hamza teatrida, 1987— 90 yillar Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktrisa. Ijroda bosiklik bilan e’tiborni qahramon ichki kechinmalarini ochishga yo’naltirish Xo’jayeva ijodiga xos. Bu narsalar uning Halima (F. Zafariy, «Halima»), Laurensiya (Lope de Vega, «Qo’zibuloq qishlog’i»), Dilbar, O’lmas (K.Yashin, «Tormor», «Yondiramiz»), Xonzoda, Poshshooyim, Xolisxon (Hamza, «boy ila xizmatchi», «paranji sirlari»), Lyubov Yarovaya (K. Trenyov, «Lyubov Yarovaya»), Nina (M. Lermontov, «Maskarad»), Tatyana (M. Gorkiy, «Meshchanlar»), Xumorxon (A. Qahhor, «Og’riq tishlar»), Shamsiqamar (M. Abliyev, «Shamsiqamar»), Gavharshod begim (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulug’bek»), Bo’ston (S.Ahmad, «Kelinlar qo’zg’oloni»), oynisa (O’. Umarbekov, «kuzning birinchi kuni») kabi rollari talqinida namoyon bo’ldi. Hamza nomidagi O’zbekiston davlat mukofoti laureati (1979). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).