Vayl Mark Yakovlevich

Vayl Mark Yakovlevich (1952. 25. 1, Toshkent) — rejissyor, teatrshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1989). Toshkent davlat san’at institutining teatrshunoslik (1974) va rejissyorlik (1983) bo’limini tugatgan. «Ilhom» tajriba teatr studiyasining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1976 yildan). Mazkur teatr qoshida 1995 yil dramatik san’at maktabini ochgan. Vayl sahnalashtirgan spektakllari g’oyaviy-badiiy yaxlit va aniqligi, o’tkir ijtimoiyligi, sahna ifoda vositalarining serqirra va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Spektakllari: «Revizor», «oppoq, oppoq qora layak», «Alvido hayot» (Bolgariya teatrida), «meshchanlar to’yi» (Yugoslaviya teatrida), «Moler», «Vavilon mehmonxonasi» (AQSh teatrlarida) va boshqalar.