Vatan
Vatan — 1) kishilarning tug’ilib o’sgan joyi, yurti, mamlakati; tarixan muayyan xalqqa tegishli hudud hamda uning tabiati, aholisi, o’ziga xos taraqqiyoti, tili, madaniyati, turmushi va urf-odatlari majmui. Vatan ona kabi yagona, muqaddas. Vatan oldidagi qarzdorlik tuyg’usi, mas’uliyati har bir yetuk insonga xos xususiyatdir. Vatanni sevish Vatanparvarlikda namoyon bo’ladi; 2) biror narsaning, masalan, o’simlikning yuzaga kelgan joyi.