Jadeit

Jadeit (ispancha ijada — yon) — silikatlar sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi NaAl(Si2O6). Monoklin singoniyali. Rangi yashil, ko’kimtir va oq, shishasimon yaltiroq. Qattikutigi 6,5—7. Zichligi 3200-3500 kg/ m3. Metamorfik jinslarda, ba’zan kontaktmetasomatik ishqorli jinslarda uchraydi. J. Myanma va AQSh (Kaliforniya), Qozog’iston, Tojikiston (Pomir), Rossiya Federatsiyasi (Qutbiy Ural, G’arbiy Sayan tog’lari) va boshqa joylarda topilgan. O’zbekistonda metamorfik jinslarda uchraydi. Jadeitdan zargarlik va badiiy bezak buyumlari tayyorlanadi.