Jayrano’t

Jayrano’t (Frankenia hirsutra) — uchchanoqdoshlar (Frankeniyadoshlar)ga mansub chala buta. Bo’yi 8-20 santimetr. Barglari nashtarsimon. Gullari mayda, tojbargi 5 ta, qo’ng’ir-pushti, kosachasi 5 tishli. Ko’sakchasi tuxumsimon, uzunligi 3 millimetr, eni 163 millimetrcha. May—sentabrda gullab, urug’laydi. O’zbekistonning ko’pgina viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida tarqalgan. Erta bahorda yosh novdalari va barglarini jayranlar xush ko’rib yeydi, nomi ham shundan.