Jang
Jang — harbiy bo’linmalar, qismlar (kemalar), qo’shilmalarning uyushgan to’qnashuvi, yerda (umumqo’shin Jangi) havoda (havo Jangi) va dengizda (dengiz Jangi) olib boriladi. Janglar mudofaa Jangi, hujumkorlik Jangi, muqobil Jang kabi turlarga bo’linadi. 2-jahon urushida o’zaro bog’liq bir necha yirik strategik operatsiyalar Jang deb atalgan (Masalan, stalingrad Jangi, Kursk Jangi). Janglar jang bo’layotgan paytdagi muhim voqea-hodisa yoki joy, daryo va boshqa nomlar bilan bog’lanib tarixga kiradi (Masalan, jangi loy, Anqara jangi).