Jumaniyozov Shomurot Allomovich

Ma’nosi

Jumaniyozov Shomurot Allomovich (1941, Shovot tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Xorazm pedagogika institutining fizika-matematika fakultetini tugatgan (1964). 1963 yildan Shovot tumanidagi maktablarda fizika-matematika o’qituvchisi, maktab, internat maktab direktori o’rinbosari, 1988-99 yillarda 27-maktabda ilmiy bo’lim mudiri. U o’z ish faoliyatida darslarning noan’anaviy usullari, yangi pedagogik texnologiyalar, ko’rgazmali qurollar, texnika vositalaridan unumli foydalangan.

O‘xshash so‘zlar

J harfi: barcha so‘zlar