Juft tuyoqlilar

Ma’nosi

Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) -sut emizuvchilar sinfining turkumi. Quyi eosendan ma’lum. Oyoqlari o’qi kuchli rivojlangan bo’lib, 3 — va 4-barmoqlari o’rtasidan o’tadi. 2 — va 3-barmoqlari kuchsiz rivojlangan, 1-barmogi bo’lmaydi. Oyoqlarining sagittal qismidan bukilishi va yozilishi tufayli harakat qiladi, o’mrov suyagi yo’q. 2 kenja turkum: kavshavchi va kavshamaydigan kenja turkumga bo’linadi. Hozirgi zamon faunasida 150 ga yaqin turi ma’lum. Keng tarqalgan, Avstraliya va yangi Zelandiyaga introduktsiya qilingan. O’zbekistonda 8 turi ma’lum. O’simlikxo’r, ba’zan xammaxo’r (to’ng’iz). Bir qancha turlari (echki, qo’y, sigir) xonakilashtirilgan. Ko’pchilik yovvoyi turlarining soni kamayib ketmoqda. Bir qancha turlari (jayran, arxar, tog’ echkisi) O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan.

O‘xshash so‘zlar

J harfi: barcha so‘zlar