Jumaboyev Yo’ldosh

Jumaboyev Yo’ldosh (1932.15.2, Urganch — 1998.21.3, Toshkent) — faylasuf olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari Doktori (1976), professor (1977). Xorazm davlat pedagogika institutini tugatgan (1954). Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida kafedra mudiri (1965-78), O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligida boshqarma boshlig’i (1978— 98). Ilmiy ishlari O’rta Osiyo falsafiy- axloqiy fikrlar tarixi va hozirgi zamon axloqshunosligiga bag’ishlangan. As: O’rta Osiyo etika tarixi ocherklari, T., 1980; O’zbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997.