ANOD
ANOD (Yunoncha anodos — ko’tarmoq, ana — yuqoriga va hodos — yo’l, harakat) — 1) elektr toki manbaining musbat elektrodi, masalan, galvanik element yoki elektr akkumulyatorning musbat qutbi; 2) elektr tokining musbat qutbiga tutashtirilgan elektron asbob (ion asbobi) elektrodi; 3) elektrolitik vannaning musbat qutbi; 4) elektr yoyining musbat elektrodi. Qo’llanish sohasiga qarab Anod materiali sifatida metallar (tantal, molibden, nikel, mis, temir, volfram va boshqalar) hamda grafit ishlatiladi.