Jumaduqxon

Jumaduqxon (? — 1428) — Dashti Qipchoqning Sharqiy qismini idora etgan qozoq xoni. Shayboniylardan. Abulxayrxon yoshligida Jumaduqxon huzurida tarbiyalangan, lekin keyinchalik unga qarshi qurolli kurash olib borgan isyonkor amirlarga qo’shilgan. Jumaduqxon qo’shini jangda tor-mor qilinib, o’zi halok bo’lgan. Uning o’rniga taxtni Abulxayrxon egallagan. Mas’ud ibn Usmon Ko’histoniynmj yozishicha, Jumaduqxon Shaybon urug’idan chiqqan shavkatli podshohlardan bo’lib, qo’shin tuzilishi va davlatni boshqarish ishlarida shijoat ko’rsatgan.