Jotto Di BonDoNe

Jotto Di BonDoNe (Giotto di Bondone, 1266 yoki 1267, kolledi Vespinyano — 1337, Florentsiya) — italiyalik rassom, Uyg’onish davri Yevropa rassomlik san’atida realizm asoschisi. O’rta asrlar diniy risoladagi qonunlar bilan aloqani uzgan Jotto diniy lavhalarga dunyoviylik baxsh etgan, diniy mavzularni o’ta hayotiylik bilan talqin etgan: Paduyadagi del Arena kapellasi (1304-06), Florentsiyadagi Santa-Kroche cherkovi (taxminan 1320-25) freskalari obrazlarining ichki qudrati va ulug’vorligi, kompozitsiya qurilishi, qat’iy koloriti bilan diqqatga sazovor. Jotto ijodi ko’pgina yirik rassomlar (Mazachcho, Mikelanjelo va boshqalar)ga sezilarli ta’sir ko’rsatgan.