Jiganov Nozib Gayazovich

Jiganov Nozib Gayazovich [1911.2(15).1, Uralsk — 1988, Qozon] — tatar kompozitori, pedagog, jamoat arbobi, milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Xalq artisti (1957), Tatariston (1939)da, Rossiya (1940) da, Chuvashiya (1969) da xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1938). 1945 yildan Qozon konservatoriyasida rektor va o’qituvchi, professor (1953 y.dan). «Qochqin» (1939), «Oltin soch» (1941), «Jalil» (1957) va boshqa operalari, tatar kuylari asosida yozilgan syuita (1949), «Nafisa» poemasi (1952), 4 ta simfoniya, qo’shiqlari mashhur. Davlat mukofoti laureati (1948, 1950, 1970).