Janubiy kaspiy past-tekisligi
Janubiy kaspiy past-tekisligi — Eron shimoldagi past-tekislik, Kaspiy dengizining Janubiy sohilida Elburs tog’i etagiga tutashgan. Uzunligi qariyb 500 kilometr, eni 40 kilometrgacha. Iqlimi subtropik iqlim, o’rtacha yillik yog’in 1000 mm. Nam subtropik o’rmonlar, botqoqlik ko’p. Sohil bo’ylarida bir qancha qo’riqxonalar bor. Mamlakatning muhim qishloq xo’jalik rayonlaridan (sholi, tsitrus o’simliklar, bog’lar) biri. Neft va gaz konlari topilgan. Yirik shaharlari: Rasht, Enzeli.