Jokyakarta, Yogyakarta

Jokyakarta, Yogyakarta — Indoneziyadagi shahar, yarim va orolda. Alohida ma’muriy birlik sifatida ajratilgan. Aholisi 3,1 million kishi (2000, shahar atrofi bilan). Temir yo’l va shosse yo’llar tuguni. Xalqaro aeroport bor. Jokyakarta qadimdan hunarmandchilik markazi: maxsus usulda gazlama (batika) to’qiladi, kumushdan badiiy buyumlar tayyorlanadi, yog’och o’ymakorligi rivojlangan. Sholi oqlash, shakarqand, tamaki va to’qimachilik korxonalari bor. Jokyakarta mamlakatning qadimgi madaniyat markazi. Me’moriy yodgorliklaridan Jokyakarta sultonining saroyi (1755-60) va boshqalar saqlangan. Xususiy muzey, tabiiy bog’, musulmonlar universitetlari bor. Turistlar ko’p keladi. Tarixiy manbalarda Jokyakarta dastlab 18-asr boshidan tilga olingan. 1755 yildan gollandlar nazoratidagi Jokyakarta sultonligining poytaxti, 1946-49 yillarda Indoneziya Respublikasining vaqtincha poytaxti bo’lgan.