Jirobus, girobus
Jirobus, girobus (Yunoncha Geros — doira va lotincha (omni) bus — barcha uchun) — mexanik energiya akkumulyatori — zalvar massasi (maxovigi) bo’lgan relssiz o’ziyurar arava. Maxovik to’plagan kinetik energiya hisobiga harakatlanadi. Qisqa masofalarda yordamchi transport vositasi hisoblanadi; Jirobusdan portlash xavfi bo’lgan ob’yektlarga xizmat ko’rsatish uchun foydalaniladi. 1955 yildan elektrobuslar ham amalda qisman qo’llanilmoqda. Ular maxovikli asinxron dvigatel-generator va tortuvchi elektr dvigatellardan iborat harakatlantirish agregati bilan jihozlanadi. AQSh da 12 kilometr uzunlikdagi yulovchilar trassasiga xizmat ko’rsatadigan Jirobus tajriba nusxalari tayyorlangan.
O‘xshash so‘zlar
- Jirov
- Jish jo’ja ochuvchi qushlar
- JISKAR D’ESTEN (GISCARD D’ESTAING) VALERI
- JISM
- Jismlarning erkin tushishi
- Jismoniy madaniyat
- Jismoniy shaxs
- JITOV KONSTANTIN YEVLAMPIEVICH


