Janubi-Sharqiy Osiyo
Janubi-Sharqiy Osiyo — Osiyoning Janubiy-sharqidagi tabiiy geografik oblast. Hindixitoy yarim oroli, Malay arxipelagi va unga yondosh hududlarni o’z ichiga oladi. Maydoni 4,5 million km2. Aholisi 463 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Relefi o’rtacha balandlikdagi tog’ va tekisliklardan iborat. Tropik o’rmon va savannalar keng tarqalgan. Iqlimi nam ekvatorial va subekvatorial mussonli iqlim. Janubi-Sharqiy Osiyoda Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kamboja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin davlatlari joylashgan. Ba’zan Janubi-Sharqiy Osiyoda joylashgan davlatlarni Janubiy Osiyo tarkibiga ham kiritadilar.