Jolio-Kyuri (Joliot-Curie) Iren
Jolio-Kyuri (Joliot-Curie) Iren (1897.12.9 — Parij — 1956.17.3) -frantsuz fizigi va radiokimyogari. P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyurilarning qizi. 1926 yilda F. Jolio-Kyuriga turmushga chiqqan va shundan boshlab umrining oxirigacha birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro fizikasi va yadro kimyosiga oid. 1934 yilda F. Jolio-Kyuri bilan hamkorlikda sun’iy radioaktivlik hodisasini ochgan. Yugoslav fizigi P. Savich bilan hamkorlikda 1939 yilda neytronlar bilan uranni nurlash tufayli hosil bo’lgan yadroviy reaktsiya mahsuli — lantan hosil bo’lishini aniqlagan (avval transuran element deb tushunilgan). Bu ishi yadroning bo’linish reaktsiyasini kashf qilishda muhim bo’lgan. Kimyoviy elementlarning sun’iy radioaktiv izotoplarini, positron radioaktivlikni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1935).