Jevak, javak
Jevak, javak (forscha, jev — arpa) — ayollar bo’yniga taqadigan bezak buyumi, taqinchoq. Qolipaki usulida oltin, kumush va boshqalardan tayyorlangan huqqachalardan tuzilgan: bitta yirik, bitta kichik huqqacha eshilgan ipak ipga marjon qilib tiziladi; har bir yirik huqqachaga qolipaki usulida tayyorlangan arpa shaklidagi shokilalar osiladi. Huqqachalar yuziga naqshlar ishlanib, rangdor toshlar qadab bezatiladi. Tangalarni bir-biriga ulab 5 qator shoda qilib ishlangan tangajevak, shodasiga marjon taqilgan marjonjevak va boshqa turlari bor. Toshkentda Jevak, Samarqandda arpajevak, Andijon, Marrilon, Qo’qonda javak (Andijonda, shuningdek, beshqator), Piskentda mang’iti deb ataladi.